Текст песни

Siz o'tgan ko'chalardan
O'tib boryapman dada
Bir turib bir yiqilib
Ketib boryapman dada

Bu hayot sinovlari
Egib borar yelkamdan
Qancha kop qancha ogir
Tortib boryabman dada

Gohida omad ketib
Egilib qolar boshim
Tegmasa foydam agar
Tanimas qarindoshim
Goh yaxshi yomon kunda
Sabr mening yo'ldoshim
Kimdan kam kimlardan ko'p
Ortib boryapman dada

Dada dadajon dada
O'tib boryabman dada
Siz o'tgan ko'chalardan
O'tib boryapman dada
Dada dadajon dada
Yetib boryabman dada
Kundan kun qadringizga yetib boryabman dada

Комментарии (0)
2024 © Gosopop.com | Контакты: mail@gosopop.com